Angren universitetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Angren universitetida jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir Angren universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Najimadinov Ravshanbek Dushamboyevich, Angren universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.F. Qurbonova, Angren shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Abduraxmanova, IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor mayor F. Matibragimova hamda “Buvijonlar maktabi” jamoasi hamkorligida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, oilada sog‘lom muhit yaratish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning ahamiyati, shuningdek, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda mutaxassislar, jamoatchilik vakillari hamda faol xotin-qizlar tomonidan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda jamiyatning har bir a’zosi mas’ul ekanligi alohida ta’kidlandi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazkur tadbir xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.