Angren universitetida bugun Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi yuksak ruhda nishonlandi.
O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari universitet jamoasini bayramona kayfiyatda kutib olishib, shoiraning hayoti va ijodidan ma’lumotlarni yetkazishdi, she’rlaridan namunalar o‘qib, barchaga iliq kayfiyat ulashishdi.
Eng faol qatnashgan talabalar va ustozlarga Zulfiyaxonimning “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli she’riy to‘plami sovg‘a qilindi.
Tadbir shoira merosiga hurmat ifodasi bo‘lib, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.