ANGREN UNIVERSITETIDA DARS JARAYONLARI BOSHLANDI
Angren universitetining “Davolash ishi” yo‘nalishida barcha bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilining dars jarayonlari boshlandi.
O‘quv yilining ilk kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan mustaqillik darslari tashkil etildi. Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot yo‘li va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘tgan o‘quv yili davomida universitetda faol ishtirok etgan, turli tadbirlar va jamoat ishlarida tashabbus ko‘rsatgan talabalar munosib taqdirlandi.
Yangi o‘quv yili barcha talabalarga ulkan muvaffaqiyatlar, yuqori natijalar va yangi imkoniyatlar olib kelsin!