Angren universitetida Ichki ishlar vazirligi tomonidan yaratilgan "Mening inspektorim" mobil ilovaga ulanish va ro‘yxatdan o‘tish mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Ichki ishlar organlari tomonidan yaratilgan “Mening inspektorim” mobil ilovasining vazifalari, ahamiyati va undan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

Siz ushbu ilova orqali:

Shubhali holatlar haqida tezkor xabar berishingiz

 Hududingiz uchun biriktirilgan profilaktika inspektori bilan bevosita muloqot qilishingiz

Zarur ma’lumot va ogohlantirishlarni o‘z vaqtida olishingiz mumkin.

Talabalarga ilovaga ulanish jarayoni amaliy tarzda ko‘rsatildi va barcha ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari bajarildi. Ushbu platformadan faol foydalanish yoshlar xavfsizligi va jamoat tartibi uchun muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

Ilovani yuklab olish havolasi:

yuklab olish uchun bosing (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.smartbase.myinspector)

Tartib-intizomga rioya qilish, xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish – har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifasi.