Angren universiteti yotoqxonasida komendant va tarbiyachi tashabbusi bilan “Milliy pazandachilik bellashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba qizlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularning ijodiy va tashkiliy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan turli xil milliy taomlar ustozlar tomonidan munosib baholandi. Har bir taomning taqdimoti, bezatilishi va mazasi alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.

 Tadbir davomida talaba qizlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va milliy raqslar bayramona muhitni yanada ko‘tarib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. 

 Bellashuvda yotoqxonaning 3-qavat va 4-qavat talaba qizlari o‘zaro kuch sinashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra do‘stlik g‘alaba qozondi. G‘olib ishtirokchilarga universitet tomonidan mikroto‘lqinli pech sovg‘a sifatida topshirildi.

Tadbir talaba qizlarning jamoaviyligi, tashabbuskorligi va milliy an’analarimizni asrab-avaylashga bo‘lgan intilishini yaqqol namoyon etdi.