Angren universitetida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim trening tashkil etildi.
Treningni Angren universiteti direktori vazifasini bajaruvchi A’zam Ismailov ochib berdi va xamkorlik uchun mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.
Mashg‘ulotlar PRESETT koordinatori Nodira Isamuhammedova tomonidan olib borildi. Trening Pre-Service English Teacher Training dasturi doirasida o‘tkazildi.
Mazkur tadbir British Council tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan loyiha doirasida tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar quyidagi mavzuda o‘tkazildi:
“Accelerating English Language Learning in Central Asia: Exploring the Role of Continuing Professional Development and Reflective Practice in PRESETT Programmes”.
Treningda Angren universitetining “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.