Angren universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va Konstitutsiya kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Tadbir davomida terrorizm va diniy radikalashuvning zamonaviy ko‘rinishlari, yoshlar orasida xavfli kontentni aniqlash, ularning oldini olish va axborot xavfsizligini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan o‘tkazilib, unda Konstitutsiyamizda belgilangan vijdon erkinligi, fuqarolarning huquq va burchlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga doir normalar hamalohida ta’kidlab o‘tildi.

Ishtirokchilar:

DXX Angren shahar bo‘limi xodimi A. Orziqulov

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Angren shahriga mas’ul xodimi B. Mirzaboev

Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Angren filiali rahbari A. Shaxanov

Angren universiteti birinchi prorektori (yoshlar ishlari) R. Najimadinov

 Universitet talabalari

Tadbirning asosiy yo‘nalishlari:

Terrorizm va ekstremizmning internet orqali ta’siri

Soxta diniy axborotni aniqlash va undan himoyalanish

Ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish tamoyillari

 Oilada ma’naviy xavfsizlikni mustahkamlash

 O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar

Videorolik: “Tinchlik qadri”

Mutaxassislar ta’kidladilar:

B. Mirzaboev:

“Diniy bilimlarni faqat ishonchli manbalardan oling. ‘Google’ yoki ‘YouTube’dagi noma’lum sahifalarga ishonmang. Savollar tug‘ilsa, imom yoki bilimli ustozga murojaat qiling.”

Tadbir davomida yoshlar tanqidiy fikrlash, axborotni tekshirish, shubhali sahifalardan saqlanish kabi ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.

 Konstitutsiya – tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam kafolati.

Yoshlarimiz esa bu qadriyatlarni asrashda eng faol kuchdir!