Angren universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Angren universitetida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida kiberxavfsizlik mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni Angren universiteti rektori Sh. Mutalov ochib berib, bugungi raqamli davrda axborot xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni internetdagi turli tahdidlardan himoya qilish va kiber madaniyatni shakllantirish muhim аxamiyatga ega ekanini takidladi
Tadbir davomida Angren shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik P. Pardayev hamda Angren shahar IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayor F. Matibragimova tomonidan internet firibgarligi, ijtimoiy tarmoqlardagi xavfli holatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tib, ishtirokchilar uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.
Tadbir yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R. Najimadinov mavzu yuzasidan nutq so‘zlab, kiberxavfsizlikka oid bilimlarni oshirish, internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bugungi yoshlar uchun muhim vazifa ekanini alohida ta’kidladi.