Angren universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Bugun universitetimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyishi bilan boshlandi.

So‘ngra turli soha vakillari — yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, shahar hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, “Buvijonlar maktabi” faollari hamda mutaxassislar talabalarga dolzarb mavzularda ma’ruza qilishdi.

Uchrashuv davomida:

 • Jaholatga qarshi ma’rifatning ahamiyati

 • Inson huquqlari va qadriyatlari

 • Oila va jamiyatdagi ayollarning o‘rni

 • Huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari keng yoritildi.

 Talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori R.D. Najimiddinov barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, uchrashuvni yakunladi.