Angren universitetida “Millatlararo totuvlik, tolerantlik” nishonlandi
31-oktabr 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 02/15-4634-sonli buyrug‘i hamda Angren universiteti rektori Sh.A. Muttalovning 02/02-4-450-sonli buyrug‘iga muvofiq, 13-noyabr kuni universitetimizda “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mamlakati” madaniy festivali o‘tkazildi.
Tadbir “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari — st. o‘q. Raxmanova G.G., dots. Soy A.P., dots. Maxmadiyarov A.B. va o‘q. Nabieva K.A. tomonidan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Festivalda Angrendagi Belarus, Rus, Tatar va Koreys madaniy markazlari faol ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish qismida so‘zga chiqqanlar:
• Sh.A. Muttalov — Angren universiteti rektori
• R.D. Najimaddinov — birinchi prorektor
• F.X. Eshboyeva — kafedra mudiri
• A.P. Soy — k.f.n., dotsent
🎌 Madaniy markazlar rahbarlari:
• V.V. Nadolenko (Belarus KMA)
• N.R. Evdokimova (Rus KMA)
• A.F. Yulmuxamedova (Rus KMA)
• V.M. Li (Koreys KMA)
Festivalda IF-25, RF-24-1, RF-25-1, RF-25-2 guruh talabalari, shuningdek hindistonlik talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
• milliy taqdimotlar
• videoroliklar
• raqslar
• she’r o‘qish
• qo‘shiqlar
• madaniy markazlar faoliyatini yorituvchi sahna chiqishlari namoyish etildi.
Festivalda hukm surgan iliq va do‘stona muhit mamlakatimizda millatlararo totuvlikning yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir yakunida Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Ismailov tomonidan tadbir mehmonlarga universitet tomonidan ajratilgan sovg‘alar tantanali topshirildi.