ANGREN UNIVERSITETIDA “MILLIY LIBOSLAR” CHELLENJI! 

Oliy ta’lim muassasalarida 2025-yilning oktabr–dekabr oylarida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida turli madaniy-ma’naviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Angren universiteti Pedagogika va tillar fakultetida “Milliy liboslar” chellenji tashkil etildi.

 Tadbirda Boshlang‘ich ta’lim va Rus filologiyasi yo‘nalishi talabalari hamda ularning guruh rahbarlari faol ishtirok etishdi.

Chellenjning asosiy maqsadi — milliy liboslarimiz orqali o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, estetik didi va madaniyatini targ‘ib etish, yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini kuchaytirishdan iboratdir.

 Bunday tadbirlar yoshlarning milliy iftixorini oshirish, o‘zlikni anglash hamda milliy merosimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy libos — milliy g‘ururimiz!