Angren universitetida muhim muhokama: kelajak islohotlari yoshlar nigohida.

Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmon loyihasining targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda soha mutaxassislari va oliygoh mas’ullari ishtirok etib, yangi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar:

Najimadinov R.D. – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor;

Axmedov E.K. – Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri;

Mutalov O.B. – Universitet yuriskonsulti va o‘qituvchisi.

Mutalov O.B. – Huquq sohalari fani o‘qituvchisi.

 Muloqotda “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, o‘z sohalari bo‘yicha Dastur loyihasidagi muhim jihatlarni muhokama qildilar.