ANGREN UNIVERSITETIDA MUHIM YANGILIK
Universitetda tahsil olayotgan yaqin qarindosh bo‘lgan talabalarga yillik to‘lov-kontrakt miqdoridan 5 foiz chegirma beriladi.
Chegirma quyidagi talabalarga tatbiq etiladi:
Bir oiladan bo‘lgan, bir manzilda yashovchi aka-uka, opa-singillar
Birga yashovchi er-xotinlar
Talabalar va ularning ota-onalari (agar birga o‘qiyotgan bo‘lsa)
Chegirmani olish uchun talabalar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
Qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar ( tug'ilganlik haqida guvohnoma, nikoh guvohnomasi va hokazolar)
Hujjatlarni universitet Yurist konsultiga taqdim eting (305-xona)
Mazkur tartib 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab amal qiladi.
Murojaat uchun: Yurist-konsult 990374278