ANGREN UNIVERSITETIDA “MUSTAQILLIK SOATI” O‘TKAZILDI


 Angren universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbir universitetning maruza xonasida tashkil etilib, unda mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ziyolilarning mas’uliyati haqida fikr almashildi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mustaqillik yillarida mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor hamda vatanparvar insonlar etib tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.


Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan mustaqillikning tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlar ongida daxldorlik hissini mustahkamlash va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilindi.


Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir ishtirokchilarda istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yurt taqdiriga daxldorlik va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.