Angren universitetida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “Maktabgacha ta’lim” sirtqi ta’lim yo‘nalishi MTS-23-1, MTS-23-2 va MTS-23-3 guruhlari ishtirokida “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” fanidan “Milliy qadriyatlarimiz jilosi: urf-odat, an’ana va milliy liboslar orqali tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-estetik madaniyatni shakllantirish” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari A. Saidov, G. Omonova hamda D. Isabekovalar tomonidan tayyorlanib, yuqori saviyada tashkil etildi.

Ochiq ma’ruza jarayonida talabalarning faol ishtiroki ta’minlanib, milliy urf-odat va an’analarimizning maktabgacha ta’lim jarayonidagi o‘rni, milliy liboslarning ma’naviy-estetik tarbiyadagi ahamiyati hamda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish masalalari keng yoritildi.

Talabalar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar namoyish etilib, amaliy misollar asosida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda Akademik faoliyat va registrator ofisi mutaxassisi Sh. Uralov, Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Gaziyeva, Angren shahar 10-sonli DMTT direktori o‘rinbosari N. M. Usarova, 36-DMTT direktori N. Suyarova hamda 36-DMTT metodisti ishtirok etib, bunday ochiq darslar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ma’naviy-estetik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.