Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov (https://islomkarimov.uz/uz/) ning 88 yilligi munosabati bilan “Prezident xotirasiga bag‘ishlangan kutib olish" viktorinasi va “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Kunning birinchi yarmida talabalarga Prezident hayoti hamda faoliyati bo‘yicha savollar berildi.
Talabalar bunda tarixiy bilimini sinovdan o‘tkazdi, Prezidentning mamlakatimiz barpo etilishida va rivojlanishida qilgan yuksak ishlari yuzasidan fikrlar almashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoalarga faxriy yorliqlar topshirildi.
O‘yin yakuni bo‘yicha natijalar:
1-o'rin: LEVEL-UP - Angren universiteti
2-o'rin: GAMMA va KNOWLEDGE STARS - Angren universiteti
3-o'rin: INTILIX - O'zDJTU Angren fakulteti