Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi nishonlandi
18-noyabr kuni Angren universiteti “Iqtisodiyot va huquq” fakultetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bayrog‘imizning ahamiyati, rang va timsollarining ma’nosi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi, talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga oid fikrlar bildirildi.
Shuningdek, jonli viktorina savol-javoblari o‘tkazilib, eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.