Angren universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosib kutib olindi.
Tadbir “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori ostida “ bo‘lib o‘tdi.
Mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti, Xalqaro shaxmat akademiyasi direktori, yuridik fanlar doktori, professor, Angren universiteti birinchi rektori K.O. Sindarov tashrif buyurdi.
Tadbirning birinchi qismi Angren universitetining birinchi binosida bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat xonasida professor K.O. Sindarov uchun tashkil etilgan burchak taqdimoti bo'lib o'tdi.
Asosiy tadbirni Angren universiteti rektori Sh.A. Mutalov ochib berdi yig'ilgan ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. So'ngra professor K.O. Sindarov so'zga chiqib Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar uchun ahamiyati haqida so‘z yuritib, o‘z fikr va tavsiyalarini berdi.
Tadbir davomida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan raqs, she’r, sahna ko‘rinishlari va qo‘shiqlar ijro etildi.
“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida o‘tkazilgan maqolalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yakunda yuridik fanlar doktori, professor K.O. Sindarovning “Or nomus huni” nomli yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi va kitobsevar talabalarga muallif tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.