Angren universitetida
Professor-o‘qituvchilar uchun sport musobaqalari tashkil etildi
Professor-o‘qituvchilarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash va faol dam olishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.
Musobaqalar voleybol, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etdi. Bellashuvlar do‘stona va raqobatbardosh ruhda kechdi.
Tadbir professor-o‘qituvchilar o‘rtasida hamjihatlikni yanada kuchaytirdi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.