Angren universitetida rektor va sportchi talabalar o‘rtasida sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida universitetda sportni yanada rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sport faoliyatini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Sportchi talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor tomonidan sport infratuzilmasini yaxshilash va talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikrlar ilgari surildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.