ANGREN UNIVERSITETIDA YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
Angren universitetida sport musobaqalarining ochilish marosimi yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning dastlabki qismi Angren universiteti rektori Mutalov Shuxrat Ahmadjanovich tomonidan tantanali tarzda ochib berildi va universitet talabasi Do‘smamatova Karomatning para stol tennisi bo‘yicha Xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib munosib o‘rin egallaganligi alohida e’tirof etildi va talabamiz munosib ravishda taqdirlandi.
Dastlabki bellashuv sifatida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.
Stol tennisi natijalari:
Qizlar:
• I-o‘rin: Do‘smamatova Karomat (IF-25-6)
• II-o‘rin: Omonova Ziyoda (DI-23-3)
• III-o‘rin: Ulashova Sabriya (DI-23-8)
O‘g‘il bolalar:
• I-o‘rin: Abdumannobov Abror (IQ-25-3)
• II-o‘rin: Ro‘ziyev Mirzoubaydullo (IQS-106)
• III-o‘rin: Usmonjonov Avazbek (IQ-25-2)
Barcha talabalarga omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!