Angren Universitetida Talabalar Kuni keng nishonlandi!

17-noyabr — Xalqaro Talabalar kuni munosabati bilan Angren Universitetida 14–17 noyabr kunlari talabalar uchun bir qator bayram tadbirlari tashkil etildi. Ushbu kunlar davomida universitet hududi haqiqiy bayram maydonchasiga aylanib, talabalar ijodi, faolligi va birdamligini aks ettiruvchi yorqin sahna ko‘rinishlariga boy bo‘ldi.

14noyabr — bayram tadbiri:

 Talabalar tayyorlagan ijodiy chiqishlar namoyish etildi,

 Jonli ijrolar va musiqiy dasturlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi,

 Qiziqarli sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarni o‘ziga rom qildi,

 Dota 2 turniri g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi,

Turli tanlovlar ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar topshirildi,

“Moychechak” blogeri, yosh ijodkorlar Hasan va Xusan chiqishi tadbirga alohida zavq bag‘ishladi.

Turli yo'nalishlar bo'yicha yoshlar koordinatorlariga guvohnomalar tantanali topshirildi.

17-noyabr kuni ertalab universitet xovlisida talabalar uchun alohida kutib olish marosimi tashkil etildi.