ANGREN UNIVERSITETIDA TOSHKENT VILOYATI IIBB VA KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH BOSHQARMASI BILAN HAMKORLIKDA 1-KURS TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Angren universitetida Toshkent viloyati IIBB va Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda 1-kurs talabalari ishtirokida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga:
internet va axborot xavfsizligi
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
kuchli parollardan foydalanish
phishing va kiberfiribgarliklardan ehtiyot bo‘lish
ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish
kiberhujumlarning oldini olish
talabalarning raqamli madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni kiberxavflardan himoya qilish, ularning raqamli savodxonligini oshirish hamda internet makonida xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.