Angren universitetida umumxalq hashari yuqori saviyada tashkil etildi
Mamlakatimizda 2026 yil 13–14 mart kunlari e’lon qilingan umumxalq hashari munosabati bilan Angren universitetida ham obodonlashtirish va tozalik ishlari keng ko‘lamda tashkil etildi.
Mazkur tadbir universitet jamoasining birdamligini namoyon etib, ta’lim muassasasi hududini yanada obod va fayzli qilishga xizmat qildi.
Hasharda universitetning barcha fakultetlari, kafedralari va bo‘limlari jamoalari faol ishtirok etdi.
Professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar o‘quv binolari, xizmat xonalari va ularga tutash hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Shuningdek, universitet hududidagi yashil maydonlar, gulzorlar va daraxtlar atrofi tartibga keltirilib, hududlar maishiy chiqindilardan tozalandi.
Hashar davomida jamoa a’zolari hamjihatlikda mehnat qilib, universitet hududining yanada ozoda va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bunday ezgu tadbirlar ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.