Angren universitetida xalqaro uchrashuv

 Angren Universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamkorligida Koreyaning JOENBUK National University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya delegatsiyasiga JOENBUK Milliy Universiteti prorektori

Yun Myeong Suk (윤명숙) xonim boshchilik qildi.

Uchrashuv doirasida kelishilgan yo‘nalishlar:

•  Professor-o‘qituvchilarining Koreyada malaka oshirish dasturlari

•  Talaba almashinuvi loyihalari

•  2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish

•  Ikki tomonlama memorandum imzolash bo‘yicha kelishuv

•  Kelajakdagi qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalari

Mehmon xonim taqdimotida:

• Koreyada o‘qishga qabul talablari

• Fakultetlar va o‘quv dasturlari

• Chet ellik talabalarga yaratilgan sharoitlar

• Stipendiya imkoniyatlari

• Universitet infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Talabalar o‘z savollariga aniq va tushunarli javoblarga ega bo‘ldilar.