Angren universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Bilimdon ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir ayollarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va professor-o‘qituvchilar hamda xodimalarning ilmiy-ma’rifiy faoliyatini rag‘batlantirishga qaratildi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qaror va farmonlari ijrosi doirasida tashkil etildi. 

Tadbirda Angren universiteti direktori, Angren shahar hokimligi Xotin-qizlar bo‘limi, “Buvijonlar maktabi”, “Oqila ayollar” harakati faollari, hamda "Ozodlik MFY" Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hakamlik qildilar.

Ko‘rik-tanlovda mavjud kafedralardagi ayol professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

 Ishtirokchilar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi:

Kasbiy va umumiy bilim darajasi

 Mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish qobiliyati

 Ijodkorlik va notiqlik mahorati

 Zamonaviy dunyoqarash va ijtimoiy faollik

Hakamlar hay’ati tanlovda ishtirok etgan ayol professor - o'qituvchilarni quyidagi nominatsiyalar bo'yicha munosib deb baholadilar.

Ibragimova Maftuna Abdulazizovna – “Eng bilimdon ustoz”

Nabiyeva Kamilya Azimovna – “Eng kreativ ustoz”

Giyasova Mushtariy Abduganiyevna – “Pedagogik mahorat sohibasi”

Aipova Iroda Ikramovna – “Eng faol ishtirokchi”

Ibragimova Firuza Farxadovna – ”Eng topqir ustoz”

Ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.