Angren universitetida yana bir unutilmas lahzalar tarixga aylandi.

Davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi tantanali ruhda o‘tkazildi.

Yangi talaba bo‘lgan yigit-qizlar:

• puxta bilim olishga

• shifokorlik kasbini sidqidildan egallashga

• kelgusida xalq salomatligi yo‘lida vijdonan xizmat qilishga qasamyod qildilar

Tadbir Angren shahrida joylashgan Osiyo to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda:

• faxriy ustozlar

• professor-o‘qituvchilar

• universitet rahbariyati ishtirok etdi

Universitet rahbariyati a’zolari talabalarni talabalik hayotiga qadam qo‘ygani bilan samimiy tabriklab, ularga:

• chuqur bilim egallash

• mas’uliyatli va fidoyi shifokor bo‘lib yetishish

• yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbirning yakuniy qismida esa yaqinlashib kelayotgan 2026-yil munosabati bilan talabalar tomonidan tayyorlangan bayramona sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Qo‘shiq va raqslar, sahna chiqishlari tadbirga yanada fayz va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.