ANGREN UNIVERSITETIDA YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI
Angren universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida keng ko‘lamli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqa 8-aprel kuni Angren universitetining 3-bino sport zalida soat 14:30 da boshlanadi va ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqalar doirasida talabalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar:
Stol tennisi — 8-aprel kuni, 3-bino sport zalida
Futbol — 10–11 aprel kunlari, 3-bino ochiq stadionida
Basketbol 3x3 — 13–14 aprel kunlari, 3-bino sport zalida
Voleybol — 16–17 aprel kunlari, 3-bino sport zalida
Yengil atletika — 15-aprel kuni, “Kimyogar” stadionida
Musobaqalarda Angren universitetining quyidagi fakultetlari jamoalari ishtirok etadi:
“Davolash ishi” fakulteti
“Iqtisodiyot va huquq” fakulteti
“Pedagogika va tillar” fakulteti
Ushbu sport tadbirlari nafaqat jismoniy chiniqish, balki do‘stona raqobat muhitini yaratish, talabalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Barcha talabalarni musobaqalarda faol ishtirok etishga, o‘z fakulteti sha’nini munosib himoya qilishga hamda sport bayramining bir qismiga aylanishga chorlaymiz!
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.