Angren universitetida “Yangi yil” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

 Tadbirda rektorat xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda barcha xodimlar faol ishtirok etdilar.

Bayramona muhit, samimiy suhbat va iliq tabassumlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ushbu tashabbus jamoaga bo‘lgan e’tibor va hurmatning yorqin ifodasi bo‘lib, ustoz va xodimlarni yangi yil arafasida yanada ruhlantirdi.

 Yangi yil — yangi maqsadlar, yangi yutuqlar va ezgu rejalar sari ilhom bag‘ishlovchi bayramdir.