ANGREN UNIVERSITETIDA YANGI YIL SHUKUHI 

 Angren universitetida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar tantanali tarzda boshlandi.

Bugun Pedagogika va tillar fakulteti talabalari uchun “Yil sarhisobi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati ishtirok etdi. Kirib kelayotgan 2026-yil munosabati bilan talaba-yoshlarga samimiy tabriklar yo‘llashdi.

Bayram dasturi juda mazmunli va rang-barang bo‘ldi:

talabalar tomonidan ijro etilgan quvnoq raqslar

bayramona va ruhlantiruvchi qo‘shiqlar

hayotiy va qiziqarli sahna ko‘rinishlari

turli ko‘ngilochar va bellashuv shartlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Ushbu chiqishlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi. Tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, iliq taassurot va unutilmas xotiralar ulashdi.

Yangi yil bayrami talabalar hayotida yana bir yorqin sahifa sifatida muhrlandi.

Yangi yil barchamizga omad, tinchlik va yangi zafarlar olib kelsin!