ANGREN UNIVERSITETIDA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TALABA-YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Angren universitetida talaba-yoshlar va rahbarlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Angren universiteti rektori, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Angren shahar IIB boshlig‘i hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kibertahdidlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlarga mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.