ANGREN UNIVERSITETIDA YOSHLAR KUNI DOIRASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Angren universitetida Yoshlar kuni doirasida Angren shahar hokimligi hamda Angren universiteti rahbariyati tomonidan bitiruvchi va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda Angren universiteti rektori Mutalov Shuhrat Ahmadjanovich, Angren shahar hokimi Rayimov Alisher Abdumalikovich, Angren shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Mirxodjayev Azimjon Mirxosilovich, Angren shahar prokurori Xayridinov Allayor Mamayorovich, shuningdek barcha tijorat banklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada turli tashkilot va korxonalar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

Shuningdek, yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularning turlari, shartlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda talabalarning takliflari mas’ul xodimlar tomonidan yozib olindi.