Angren universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining 4-turi bo‘lib o‘tdi!
Bugun Angren universitetida talaba-yoshlar hamda mehmon jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” o‘yinining 4-turi haqiqiy bilim va mantiq bellashuviga aylandi.
Turnirda Angren universitetining 20 ta zakovat jamoasi, shuningdek, 2 ta maktab, 2 ta O‘zDJTU Angren filiali va 2 ta texnikum jamoalari ishtirok etib, qiziqarli savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zining topqirligi, jamoaviy ishlash ko‘nikmasi va tez fikrlash salohiyatini namoyish etishdi.
Musobaqa so‘ngida mehmon jamoa ishtirokchilariga munosib ishtiroki uchun tashakkurnomalar topshirildi.
“Zakovat” o‘yinlariga qatnashish istagida bo‘lgan har qanday jamoani safimizda ko‘rishdan mamnunmiz!
Bizning jamoaga qo'shiling (https://t.me/zakovatangrenuniver)
Intellektual o‘yinlar orqali bilim, do‘stlik va raqobat muhitini birgalikda rivojlantiramiz!