Angren universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

 2026-yil 4-mart kuni Pedagogika va tillar fakulteti, Pedagogika va psixologiya kafedrasi, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi BT-23-2 guruhi tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi va tinchlik jarchisi Zulfiya Isroilova hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi.

 Talabalar tomonidan namoyish etilgan chiqishlar tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Universitet rahbariyati tadbir yuzasidan iliq fikr va mulohazalar bildirdi.