ANGRENDA – "YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA BIR QATOR UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

“Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar va rahbarlar o‘rtasida bir qator mazmunli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar mamlakatimizda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi sifatida tashkil etildi.

Shu asosda 26-fevral kuni Angren shahrida bir nechta muhim tadbirlar o‘tkazildi.

Harbiy qism majlislar zalida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Angren erkin iqtisodiy zonasi administratsiya binosida uchrashuvlar davom ettirildi.

Angren universiteti rektori hamda Angren shahar IIB boshlig‘ining Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida yoshlar tashabbuslari, muammolari va takliflari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.