Banklar bilan uchrashuv 

Kuni kecha Angren universiteti “Iqtisodiyot va huquq” fakultetida Iqtisodiyot va Moliya yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining amaliyoti va kelajakdagi ish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Ipoteka bank, Sanoat qurilish banki, Milliy bank va Hayot bankning rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi. Ular banklardagi ish jarayonlari, zamonaviy tendensiyalar haqida gapirib berishdi va talabalar savollariga javob berishdi.

 Bitiruvchilar uchun bu uchrashuv nafaqat bilim, balki amaliy maslahat va kelgusida ish faoliyatini boshlash uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘ldi.

 Rektorimiz Sh.A. Mutalov tadbirni tashkil qilgan jamoaga va mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi.