“ Bir oyda, bir kitob” tashabbusi davom etmoqda!

Angren universitetida iqtidorli talabalar ijodiga bag‘ishlangan “Angren universiteti talabalarining ijod namunalari” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

 Tadbirni “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi D. Shodiyeva boshchiligida:

• Sirtqi Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi: 101, 103, 111, 122-guruh

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi: 109-guruh

talabalari faol ishtirokda o‘tkazdilar.

 Kitobda Fozilova Umida, Riskulova Xulkar, Rasulova Firuzaxon, Suvonova Madina, Sadriddinova Pokiza, Abduganiyeva Gulmira va boshqa yosh ijodkorlar o‘z ijodiy yo‘li va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 Tadbirda so‘zga chiqqan:

• Angren universiteti rektori — Sh. Mutalov

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor — R. Najimaddinov

• Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i — A. Ismoilov

 Talabalarni yangi chop etilgan kitob bilan tabriklab, kitobxonlik va ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash davom etishini ta’kidladilar.

Yosh ayol-qizlar ijodini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ushbu ilk kitob taqdimoti yuqori saviyada tashkil etildi!