Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasida tashkil etilgan milliy forum doirasida Angren universiteti vakillari ham faol ishtirok etdi.
2026-yil 6–7-yanvar kunlari Toshkent shahrida Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Angren universiteti “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari — Raxmatullayeva Dilrabo, Jabborov Ilyosjon hamda Xamidov Behruz ishtirok etdilar. Mazkur forum ingliz tili ta’limini modernizatsiya qilish, xususan, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilar PRESETT dasturi doirasida ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion metodlar hamda xalqaro tajribalar bilan tanishib, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Forum Angren universiteti o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ingliz tili ta’limi sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb e