Bugun Angren universitetida O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 

1-bosqich talabalari ishtirokida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi  keng nishonlandi.

 Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar, she’rlar asosida kichik ijodiy chiqishlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, “Lider qizlar” tomonidan g‘azallar o‘qildi.

O'ylaymizki bunday tadbirlar yoshlarda adabiyotga bo'lgan qiziqishni kuchaytirib, Navoiy merosini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi.