Bugun Angren universitetida "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bugun, 2-aprel kuni Angren universitetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalarimiz uchun juda foydali va qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. Mehmonimiz — Angren shahar Davlat xizmatlari markazi shoʻba boshligʻi M.Abdullayev boʻldi.
Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan davra suhbatida quyidagilar ishtirok etdi:
M. Abdullayev – Angren shahar Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i;
N. Boltayev – universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;
E. Axmedov – Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri;
O. Mutalov – universitet yuriskonsulti;
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari.
Tadbir davomida M.Abdullayev markaz tomonidan koʻrsatilayotgan zamonaviy xizmatlar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish borasidagi islohotlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Muloqot yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirishda muhim xizmat qiladi.