BUYUK SARKARDA XOTIRASI E’ZOZDA
Angren universitetida Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kutub olish "Quiz" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Sohibqironning hayoti, harbiy yurishlari va davlat boshqaruvi haqidagi savollar asosida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida bilimlar sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilimlari va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Bilimlar sinovida faol ishtirok etib, savollarga to‘g‘ri javob bergan qatnashchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.