DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Angren universitetida 2026/2027-o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Angren universiteti birinchi rektori, yuridik fanlari doktori, professor Komil Sindarov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, faxriy mehmonlar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.
Marosim davomida bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda bitiruvchilarning ta'lim davomida erishgan yutuqlari e'tirof etilib, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandilar.
Diplom olgan barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar va Vatan ravnaqi yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yangi marralar sari dadil odimlang!