“Falsafa — tafakkur va ma’naviyat manbai” seminar-treningi
Angren universitetida “Xalqaro Falsafa kuni” munosabati bilan “Falsafa — tafakkur va ma’naviyat manbai” mavzusida mazmunli seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Universitet rektori Sh.A. Mutalov ochib berdi.
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari A. Djurayev, Sh. Zakirov va N. Normo‘minova falsafa fanining tarixi, zamonaviy falsafiy muammolar hamda uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’ruza qildilar.
Seminar davomida talabalar tomonidan:
• She’rlar ijrosi
• Sahna ko‘rinishlari
• Raqslar
• Monologlar
taqdim etildi. Shuningdek, qiziqarli blits savol-javoblar tashkil etildi.
“Tadbir so‘ngida Universitet birinchi prorektori R.D. Najimadinov, Angren universiteti direktori Sh.X. Sadiyeva hamda Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.K. Ismoilov tomonidan faol ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirdilar.”
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv va sun’iy intellekt davrida zamonaviy falsafaning yangi yo‘nalishlarini ongli qabul qilish madaniyatini shakllantirishdan iborat.