“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi” oyligi doirasida tadbir tashkil etildi
Angren universitetida “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi” oyligi munosabati bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda FVV Angren kon boshqarmasi OYOXTTEB 52-KYOKK boshlig‘i Z.V. Nimatullayev hamda shu tashkilot inspektori T.M. Madaminovlar ishtirok etib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda qanday harakat qilish zarurligi haqida tushunchalar berishdi.
Shuningdek, tadbirda Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘limi boshlig‘i A. Ismoilov,
“Iqtisodiyot va huquq” fakulteti tyutori Mavlanova Ra’no Shamsutdinovna,
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi psixologiya fani o‘qituvchisi L. Izaitullayeva hamda
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi D. Isabekovalar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir davomida talabalar uchun amaliy ko‘rsatmalar, foydali ma’lumotlar va zaruriy tavsiyalar taqdim etildi.