Hindistonlik mehmon Angren universitetida

 Bugun Dr. Sushil Vijay, Hindistonning taniqli ortopediya mutaxassisi, Angren universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori Sh. A. Mutalov hamda universitet direktori Sh. X. Sadiyeva bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

Dr. Sushil Vijay — Hindistonda ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, xalqaro darajadagi jarroh va pedagog sifatida tanilgan. U Germaniyada bo‘g‘im almashtirish va rekonstruksiya bo‘yicha, shuningdek, Nyu-Dehlidagi AIIMS travma markazida maxsus malaka oshirgan.

Suhbat chog‘ida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik, xalqaro almashinuv dasturlari, talabalarni xalqaro imtihonlarga tayyorlashda hamkorlik qilish, hamda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.