Kuni kecha,

“Iqtisodiyot va huquq” fakulteti dekani, dotsent I.Y. Soxibov ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida fakultetni “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun:

amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish,

 kelgusida ish bilan ta’minlash,

 korxona faoliyatidagi mavjud muammolarni Angren universiteti olimlari tomonidan grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy va amaliy yechimlar orqali bartaraf etish masalalari yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yaqin kunlarda korxona bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.