"Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!"

Angren universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari tomonidan 

"Konstitutsiya- inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi" nomli ma’naviy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Angren universiteti rektori Sh. Mutalov ochib berib, Konstitutsiyaning jamiyat va yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda quyidagi mutaxassislar ishtirok etishdi:

Angren shahar IIB xodimi — kapitan Baxtiyorov Begzod

Angren shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xodimi — mayor Akbaraliyev Furqat

Angren shahar terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi — Muxsin Suvonov

Ular tadbirda talabalarga Konstitutsiyaning hayotdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati, huquqiy ong, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash.

 Konstitutsiya — har birimizning faxrimiz va tayanchimiz!