Magistrantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Angren universitetida rektor Sh. A. Mutalov boshchiligida magistrant talabalar bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda universitet direktori Sadiyeva Sh.X, magistratura bo‘limi mas’ullari hamda ta’sischilar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida:

magistrantlarning ilmiy izlanishlari,

ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish,

xorijiy tajribalarni o‘rganish,

yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 Shuningdek, ta’sischilar magistrantlarga o‘zlarining hayotiy tajribalari asosida muhim tavsiyalar berib, ilmiy izlanishda faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadilar.

Tadbir ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashish muhitida o‘tdi.

Uchrashuv magistrantlar uchun motivatsion, amaliy va istiqbolli g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘ldi.