Ma’naviy-ma’rifiy safar: Adiblar xiyobonidan – Yesenin va Borodin uy-muzeylarigacha

 “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari Raxmanova G.G. va Nabieva K.A. rahbarligida Rus filologiyasi hamda Ingliz filologiyasi yo‘nalishlari talabalari Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy safar uyushtirishdi.

Sayohat Adiblar xiyoboniga tashrif bilan boshlandi. Talabalar bu yerda buyuk adiblar xotirasiga hurmat bajo keltirib, esdalik uchun fotolavhalar olishdi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar 1921-yillarda Toshkent shahrida yashab, ijod qilgan rus shoiri Sergey Yeseninning uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. 

Shuningdek ular sayohat davomida, Toshkentda bir muddat yashab ijod qilgan rus yozuvchisi Sergey Borodinning 

uy-muzeyida bo‘lib, yozuvchining hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.