MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Angren universiteti jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, tinchligi va farovon kelajagining mustahkam poydevoridir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin. Har bir xonadonda quvonch, fayz-u baraka va ezgu niyatlar hukm sursin.
Yoshlarimiz bilimli, vatanparvar va yurtimiz kelajagiga munosib avlod bo‘lib kamol topsin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!